Mehnat kodeksining 118-moddasiga muvofiq, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo’riqish, asab tangligi bilan bog’liq, ya’ni alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Ko’rib turganingizdek, sizning onangiz ham mazkur belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega toifadagi ishchilar turiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan Alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro’yxati(4-ilova) tasdiqlangan.
Yuborilmoqda...