Mehnat kodeksi (16-moddaning ikkinchi qismi) har bir xodimning sud orqali himoyalanish huquqini kafolatlaydi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj alohida xodimlarning mehnat sharoitini o’zgartirishga bo’lgan huquqlarini ham kafolatlaydi. Agar siz II guruh nogironi deb topilgan bo’lsangiz, TMEKning tavsiyanomasiga binoan, agar bajarayotgan ishingiz sizning sog’lig’ingizga muvofiq bo’lmasa, ish beruvchi sizning ish haqingizni qisqartirmasdan, qisqartirilgan ish haftasi belgilashi (haftasiga 36 soatdan ko’p bo’lmagan), 30 kalendar kunidan kam bo’lmagan uzaytirilgan asosiy yillik mehnat ta’tili bilan ta’minlash, shuningdek TMEKning tavsiyasiga binoan boshqa mehnat shartlariga o’zgartirish kiritilishini amalga oshirishga majbur.
Yuborilmoqda...