Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Ishga qabul qilinayotganimda ish beruvchi menga to’liqsiz ish vaqtidan foydalanish huquqiga ega ekanligim haqida aytdi. Bu nimani anglatadi va qanaqa shartlarga ega?

To’liqsiz ish vaqti bu, Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog’ida ham, keyinchalik ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilab qo’yilishidir.

Bunda ish beruvchi Mehnat kodeksida (229-modda), shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimning iltimosiga ko’ra to’liqsiz ish vaqtini belgilab qo’yishi shart. Mehnat Kodeksining 229-moddasida homilador ayolning, o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga majburligi belgilab qo’yilgan.

To’liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron bir tarzda cheklashga asos bo’lmaydi va ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq to’lanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa