Yo’q, ruxsat etilmaydi. Xodimni ishga ikki smena ketma-ket jalb qilish taqiqlanadi.
Xodimni tungi vaqtda ishga jalb qilish Mehnat kodeksida belgilangan cheklovlarga amal qilingan holdagina amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, smenali ish mehnat kodeksining 123-moddasiga asosan jamlab hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan davr 1 yildan, kundalik ish vaqti 12 soatdan ortib ketmasligi kerak. Ish smenasining muddati 12 soatdan iborat bo’lganda, shuningdek, mehnat sharoiti o’ta og’ir va o’ta zararli va o’ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Yuborilmoqda...