Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mening yoshim 18 da. Ilgari ishlamaganman. Keyingi haftadan bankda ishlashni boshlayman. Iltimos, aytingchi, ish kuni payti menga tanaffus ajratiladimi?

Albatta. Mehnat kodeksining 127-moddasiga ko’ra, xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.

Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. SHuning uchun, ishdagi jamoangiz bilan maslahatlashib, bankda tushlik necha marotaba va qancha vaqtga berilishi haqida qiziqib ko’ring. Bundan tashqari, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan ish kuni (smena) davomida boshqa tanaffuslar ham belgilab qo’yilishi mumkinligi sababli, tanaffusning yana boshqa turlari borligi haqida ham qiziqib ko’ring.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa