Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men ishlayotgan litseyning direktori yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan ko’rgazma qurollarini o’z vaqtida tayyorlamasak, 1 sentyabrda bayram bo’lishiga qaramasdan ishga chiqishimizga to’g’ri kelishini aytdi. U bizni Mustaqillik kuni ham ishga chiqarish huquqiga egami?

Yo’q, ega emas. Mehnat kodeksining 132-moddasiga muvofiq, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina ushbu Kodeksning 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha va tartibda yo’l qo’yiladi.

Xususan, ish beruvchining farmoyishi bo’yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo’yicha va tartibda yo’l qo’yiladi.

Sizning holatingizda direktor sizni bayram kuni ishga jalb qilish huquqiga ega emas. Lekin, o’qituvchilar tomonidan o’zlariga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida bajarilmasligi oqibatida rahbariyat sizlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko’rishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa