Ha, to’g’ri. Sizning hamkasbingiz uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli. Mehnat kodeksining 135-moddasiga ko’ra 18 yoshga to’lmagan hamda ishlayotgan I va II guruh nogironlariga yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi (o’ttiz kalendar kun).
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.
Mehnat to’g’risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarda belgilanganidan tashqari, mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda tutilishi mumkin.
Yuborilmoqda...