Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 133-moddasiga ko’ra, barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi
297-son qarori bilan tasdiqlangan O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risida nizomning 16-bandiga ko’ra, o’rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o’rindoshlar haqli bo’lgan qo’shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi. Agar o’rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo’lsa, u holda o’rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proportsional haq to’lanadi.
Yuborilmoqda...