"Mehnat huquqlari" -
Men yaqinda korxonaga boshchilik qila boshladim va xodimlarning hammasi qo’shimcha ta’tilga chiqqanligini aniqladim. Xolbuki, xodimlar mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlarda band bo’lmaganlar hamda og’ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlamaganlar. Ularga oldingi rahbariyat tomonidan berilgan qo’shimcha ta’tillar qonuniymi?
Mehnat kodeksining 136-moddasi uchinchi qismiga ko’ra, qo’shimcha ta’tillar mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.