"Mehnat huquqlari" -
Mehnat shartnomasiga muvofiq menga 28 ish kunidan iborat mehnat ta’tili berilishi kerak. Men uni ikki qismga bo’lib olsam bo’ladimi?
Mehnat kodeksining 146-moddasi talablariga rioya qilgan holda xodimning xohishiga ko’ra uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo’lishga yo’l qo’yiladi. Bunda ta’tilning bir qismi o’n ikki ish kunidan kam bo’lmasligi lozim.