Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men advokat etikasi mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayapman. Ijodiy ta’til olishim uchun rektor nomiga ariza yozishimning o’zi yetarli hisoblanadimi?

Yo’q, yetarli emas. Ilmiy darajalar izlanuvchilariga beriladigan ijodiy ta’tillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, sho’’ba, laboratoriya va shunga o’xshashlar Ilmiy kengashga sabablar ko’rsatilgan iltimosnoma yuboradi.

Ijodiy ta’tillar:

•davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga – ushbu muassasalar ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko’ra direktor (rektor) tomonidan;

•boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga – izlanuvchi biriktirib qo’yilgan oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko’ra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.

Ijodiy ta’til berish to’g’risidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani ta’til vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.

Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo’lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari ko’rsatiladi.

Ijodiy ta’til olgan shaxslar, ta’til tamom bo’lgandan so’ng, qilingan ishlar to’g’risida hisobot taqdim etadilar.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa