Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 150-moddasiga asosan, xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi:
•1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
•ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
•ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;
•o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
•mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yuborilmoqda...