Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mehnat uchun to’lanadigan eng kam oylik ish haqi qanchani tashkil etadi?

Mehnat kodeksining 155-moddasiga ko’ra, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to’liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi Mehnatga haq to’lash YAgona tarif setkasining 1 razryadida belgilangan miqdordanoz bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 oktyabrdagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra, 2012 yil 1 dekabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 79 590 so’mni tashkil qiladi.

Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda to’lanadigan haqlar shuningdek rayon koeffitsientlari qo’shilmaydi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ–1675-son qarorining 4-bandiga muvofiq, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to’lashning YAgona tarif setkasi bo’yicha birinchi razryaddan kam bo’lmagan holda belgilangan.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa