Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 156-moddasi ikknichi qismiga ko’ra, mehnatga haq to’lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o’zgartirishga uning roziligisiz yo’l qo’yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o’zgartishga:
•texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o’zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to’lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo’lmasa;
•qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo’l qo’yilishi mumkin.
Biroq, mazkur moddaning 3-qismiga ko’ra, bo’lajak o’zgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.
Yuborilmoqda...