Yo’q muvofiq emas. Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko’ra, ish beruvchi o’zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq (ushbu Kodeksning 161-moddasiga asosan mehnatga haq to’lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo’lishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to’lashning boshqa muddatlari belgilab qo’yilishi mumkin) to’lashi shart.
Shu bilan birga, tomonlarning kelishuviga ko’ra mehnat shartnomasida belgilangan oylik ish haqi jamoa shartnomasidan belgilangan miqdordan kam bo’lmasligi kerak.
Siz topgan ish rasmiylashtirilmaydi va bunda mehnat shartnomasi tuzilmasligi ehtimoli bor. Boshqa ish topishga harakat qiling.
Yuborilmoqda...