Ha, to’lanadi. Mehnat kodeksining 159-moddasiga asosan, xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o’rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo’yicha haq to’lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladi, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan to’liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lanmaydi.
Yuborilmoqda...