Ha, shart. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
•ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun.
•O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;
•sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun.
Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yoxud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. E’tibor bering, agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xodim xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
Yuborilmoqda...