Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Yoshim 23 da. Yirik banklardan birida ishlayman. Lekin, menga bir yangi istiqbolli ish taklif qilishdi. Men qanday qilib bu yilning hisobidan olinmagan mehnat ta’tilini olib, ishdan bo’shashim va yangi ishga o’tishim mumkin?

Siz ishdan bo’shash sharti bilan ta’tilga chiqish to’g’risida ariza yozib va shu bilan yangi ishga joylashishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 152-moddasiga asosan, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko’ra, yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin.

E’tibor bering, bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Boshqa tomonidan, Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to’lanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa