Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men kriminalist bo’lib ishlayman. Ekspert xulosasini berish uchun meni sudga chaqirishdi. Sud majlisi cho’zilib ketdi va bir nechta majlis bo’lib o’tdi. Bu oyda sud sababli to’rt marta ish jadvalimda uzilish bo’lganligi ish haqimga ta’sir qiladimi?

Yo’q, ta’sir qilmaydi. Sizning sud majlislarida ishtirok etishingiz davlat yoki jamoat vazifasini bajarish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o’rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Mehnat kodeksining 165-moddasiga ko’ra, xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida, masalan saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa