"Mehnat huquqlari" -
Men Toshkent shahridagi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasida ishlayman. Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safari bilan borganimda, u yerda menga o’xshagan mutaxassislarga ehtiyoj borligini aytishdi va rahbariyat tomonidan meni ishimni Nukusga ko’chirish taklifi qo’llab-quvvatlandi. Aytingchi, boshqa shahardagi ishga ko’chib borganda qanday harajatlar qoplanadi?
Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko’ra, boshqa joydagi ishga ko’chib borganda quyidagilar to’lanishi lozim:
•ko’chish va mol-mulkni ko’chirib borish bilan bog’liq xarajatlar;
•yangi joyda o’rnashib olish bilan bog’liq xarajatlar;
•xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.