Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilishi mumkin. Rag’batlantirish turlari, ularni qo’llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to’g’risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo’yiladi.
Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda) xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi.
Yuborilmoqda...