Intizomiy jazo – bu mehnat intizomini ta’minlash maqsadida xodimlarga ta’sir o’tkazish choralari hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko’ra, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqli:
•hayfsan;
•o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima. (ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin).
•mehnat shartnomasini bekor qilish.
Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llanish taqiqlanadi.
Yuborilmoqda...