"Mehnat huquqlari" -
Korxonamizning jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibida xodimlar mehnat intizomini buzganlik uchun ularga xayfsan, jarima va mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazo choralari qo’llanilishini mumkinligi ko’rsatilgan. YAqinda men muhim buyurtmani o’z vaqtida topshira olmadim. Aytingchi, buning uchun menga nisbatan yuqorida ko’rsatilgan intizomiy jazolarni bir vaqtda qo’llash mumkinmi?
Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko’ra, intizomiy jazoni qo’llanishda sodir etilgan nojo’ya xatti-harakatning qay darajada og’ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Har bir nojo’ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo’llanishi mumkin.