Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Sakkiz yildan buyon bir korxonada ishlayman. Yaqinda o’tkazilgan tekshirish natijasida menga bir yarim yil oldin yo’l qo’ygan xatoyim uchun xayfsan e’lon qilishdi. Korxona rahbariyatning harakatlari to’g’rimi? Axir mehnat qonunchiligida nojo’ya xatti-harakat sodir qilingan kundan olti oy o’tgandan keyin intizomiy jazo qo’llanilmasligi aytilgan. Ushbu holatda rahbariyat harakati to’g’rimi?

Bu holatda rahbariyatning harakatlari to’g’ri. Mehnat kodeksining 182-moddasi oltinchi qismiga ko’ra, nojo’ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o’tganidan keyin jazoni qo’llab bo’lmasligi nazarda tutilgan bo’lsada, moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda bu muddat nojo’ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab ikki yilgacha uzaytiriladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa