Mehnat kodeksining 283-moddasiga asosan, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo’llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo’llagan ish beruvchi o’z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko’ra jazoni bir yil o’tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Yuborilmoqda...