Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Uncha og’ir bo’lmagan nojo’ya xatti-harakatim uchun menga jarima intizomiy jazo chorasini qo’llashdi. Men rahbariyatning qaroridan noroziman, ushbu qaror ustidan shikoyat qilishim mumkinmi?

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq intizomiy jazo ustidan yakka mehnat nizolarini ko’rish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Siz ushbu holat yuzasidan mehnat nizolari komissiyasiga yoki fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mehnat nizosini ko’rib chiqayotgan organ (sodir etilgan nojo’ya xatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga bo’lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo’ya xatti-harakatning og’irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib) xodimga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazoni g’ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to’g’risida qaror chiqarishga haqli.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa