Mehnat kodeksining 189-moddasiga ko’ra, xodimning sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to’liq hajmda to’lashi shart.
Siz o’quv mashg’ulotiga maktab rahbariyati tomonidan yuborilganligingiz va ish vaqtida jarohat olganingiz uchun Mehnat kodeksining 285-moddasiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo’lganda ish haqining to’liq miqdorida to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
Yuborilmoqda...