Mehnat kodeksining 211-moddasiga ko’ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Mexnatni muxofoza kilish yuzasidan bir kator normativ xujatlar va texnik ishlab chikarish bilan boglik faoliyat olib boriladigan barcha ish o’rinlari Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish uslubiga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 28 mayda 247-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) muvofiq majburiy tartibda attestatsiya qilinishi lozim. Mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish mansubligi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda o’tkaziladi.
Mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilish jarayonida xodimlar ishlaydigan zararli unsurlar, ularning xodimlarga shunga yarasha yuklanishi aniqlanib, xodimlarga kafolat va kompentsatsiyalar aniqlanadi.
Sizning ish joyingiz to’g’risida bergan tavsilotlaringizga ko’ra, u yerda mehnat talablarini buzuvchi talablar yo’q.
Siz ish joyingizni bayon qilishingizga qaraganda u attestatsiya qilinmaganga o’xshaydi, bu esa mehnatni muhofaza qilish normalarining buzilishi hisoblanadi.
Shuning uchun, siz ish joyingizni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha ish beruvchiga murojaat kilishingiz kerak. Ish beruvchi mexnatni muxofoza kilish talablarini buzganlik uchun javobgar buladi.
Yuborilmoqda...