Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men ishlaydigan fabrika rahbariyati menga imtiyozlari ko’proq va ish haqi yuqoriroq bo’lgan yangi ishga o’tishni taklif qildi. Men albatta bunga rozi bo’lgim kelyapti, lekin bu yerda biron bir ma’lumot yashirinayotgan bo’lishi mumkin, deb shubhalanyapman. Mening yangi ish joyidagi sharoitlar to’g’risidagi savolimga, menga barchasini mehnat shartnomasiga imzo qo’yganimdan keyin bilishimni aytishdi. Ushbu ma’lumotlar bilan yangi ishga kirishishimdan oldin tanishib chiqish huquqiga egamanmi?

Albatta egasiz. Mehnat kodeksining 213-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o’tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak. Demak, sizning rahbariyatingiz sizga tegishli ma’lumotni berishi, shuningdek muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida axborot berishi shart.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa