Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men fizika o’qituvchisi bo’lib o’rta ta’lim maktabiga ishga kirmoqchiman. Ishga kirish uchun mehnat shartnomasini imzolashim kerak, lekin undan oldin menga tibbiy ko’rikdan o’tishga yo’llanma berishdi. Aytingchi, tibbiy ko’rikdan o’tmasam bo’ladimi va buni rad qilsam qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Yo’q, siz tibbiy ko’rikdan o’tishni rad qilishingiz mumkin emas. Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart:

•o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;

•oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar;

•nogironlar;

•mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;

•oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;

•umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari.

Ko’rib turganingizdek, siz tibbiy ko’rikdan o’tishga majbur shaxslar ro’yxatiga tushasiz.

Qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bo’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko’rikdan o’tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo’ymaslikka haqlidir.

Tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmaydilar.Tibbiy ko’rikdan o’tish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 29 avgustda 2387-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan)

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa