Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men ikkinchi guruh nogironiman. Maktabda matematika o’qituvchisi bo’lib ishlayman. Menga yangi ish taklif qilishdi. Agar men o’qituvchi bo’lib ishga kirganimda tibbiy ko’rikdan o’tgan bo’lsam, yangi ishga o’tishimda yana tibbiy ko’rikdan o’tishim shartmi?

Mazkur holatda o’tishingiz kerak. Birinchidan, Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart. Ikkinchidan, shunga e’tibor berish kerakki, nogiron shaxslar boshqa ishga o’tganida tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim.

Tibbiy ko’rikdan o’tish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 29 avgustda 2387-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) bilan tartibga solinadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa