"Mehnat huquqlari" -
Ertaga ishxonamizda xodimlar tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim. Men ham tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan xodimlar ro’yxatidaman. Tibbiy ko’rikdan o’tish jarayonida shifokorlarning maslahatlari va xizmatlari uchun pul to’lashim kerakmi?
Yo’q, bunda tibbiy ko’rik bepul amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan, tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmaydilar.