Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Ko’zim yaxshi ko’rmasligi sababli II guruh nogironi hisoblanaman. Men bir korxonaga kommutator bo’lib ishga kirmoqchiman. Korxonaga qo’ng’iroq qiluvchilarga javob berish va ularni mutaxassislar bilan bog’lash asosiy vazifam hisoblanadi. Men dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tibbiy ko’rikdan o’tishni rad qilishim mumkinmi?

Yo’q, rad qilolmaysiz. Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi tuzish chog’ida nogiron shaxslarning dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi majburiy hisoblanadi. Bu nogiron shaxslarning mehnatidan ularning sog’lig’i holatiga to’g’ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo’l qo’yilmasligi bilan bog’liq. Bunday holatda siz tibbiy ko’rikdan o’tishdan bosh tortishingiz tugri emas.

Siz tibbiy ko’rikdan o’tishni rad qilgan taqdiringizda, ish beruvchi sizni ishga qabul qilmaslik huquqiga ega bo’ladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa