Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Kadrlar bo’limi boshlig’i 17 yoshga to’lgan shaxsni ishga qabul qilish to’g’risidagi arizasini ko’rib chiqib, ishga qabul qilishdan oldin majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi kerakligini aytdi. Uning bu harakatlari qonuniymi? Yana qanday turdagi ishchilar dastlabki tarzda majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak?

Ha, sizning ish beruvchingiz haq. Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart:

·o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;

·oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar;

·nogironlar;

·mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;

·oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;

·umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa