Tekshiruvchilarning talablari qonuniy. Faoliyat turidan qat’i nazar Mehnat kodeksining 215-moddasi ish beruvchi zimmasiga xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish majburiyatini yuklaydi.
Bundan tashqari mazkur moddaga ko’ra ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
Yuborilmoqda...