Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko’ra, tibbiy mehnat ekspert komissiyasi (TMEK)ning nogironlarga to’liqsiz ish vaqti rejimi o’rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. Mehnat kodeksining 116, 220-moddalariga ko’ra, I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish beruvchi TMEKning tavsiyasini rad qilishi mumkin emas, aks holda sizning qizingiz sudga murojaat qilishi mumkin.
Yuborilmoqda...