I va II guruh nogironligiga ega bo’lgan shaxslarga yillik 30 kalendar kuni hisobida uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksida mehnat ta’tilini muddatini belgilash hamda ta’tilni berish navbatida ham ayrim qo’shimcha imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 143-moddasiga asosan, yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin berilsa, sizga II guruh nogironligiga ega shaxs sifatida sizning xohishingiz bo’yicha ushbu ta’til olti oy o’tmasdan oldin beriladi. Bundan tashqari, ta’kidlash lozimki, I va II guruh nogironlariga ta’til ularning xohishlariga ko’ra yozgi yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berilishi kerak.
Yuborilmoqda...