Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men ish vaktida korxonamizning bir binosidan ikkinchisiga o’tayotganimda muzga sirg’anib qo’limni qayirib oldim. Sudga murojaat qilmoqchiman, lekin ish beruvchi menga ushbu holatni tasdiqlovchi xujjatlarni berishni rad etmoqda. Ish beruvchining harakatlari to’g’rimi va men qanday qilib ish beruvchidan rasmiy javob olishim mumkin?

Bu holatda ish beruvchining xatti-harakatlari noqonuniy. Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart. Uzbekistan Respublikasining “Mexnatni muxofaza kilish tugrisida”gi konuniga muvofik, mexnat organlari baxtsiz xodisalarning xisobini yuritadi va nazorat olib boradi.

Siz tashkilot rahbarining nomiga yozma ariza bilan murojat etishingiz kerak, u qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi shart. Agar rad etilsa, siz yuqori turuvchi tashkilotga yoki mexnat organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa