Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - “Ish joyi” va “ish o’rni” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi?

Ish Joyi tushunchasiga xodim ishlaydigan korxona yoki uning alohida tarkibiy bo’linmasi (filial, vakolatxona va b.) kiradi. Ish joyi mehnat shartnomasining majburiy sharti hisoblanadi va ish beruvchi va xodim o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomasiga kiritilishi lozim. Ish joyini o’zgartirish ish beruvchini o’zgarishiga olib keladi va bir ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinib, boshqasi bilan yangi mehnat shartnomasini tuzilishini talab etadi.

Ish joyi xodimga yuklatilgan vazifani bajarish joyi xisoblanadi. Masalan, kasanachilik asosida ishlovchilarning ish joyi ularning shaxsiy uyi xisoblanadi.

Ish o’rni esa xodim mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo’yicha zarur uskuna va moslamalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish uchastkasining muayyan maydoni hisoblanadi. Mehnat kodeksining 91-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o’zgartirish mehnat shartlarini o’zgartirish deb hisoblanmaydi va bu haqda xodim bilan kelishish talab qilinmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa