Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mening singlim tanlovning barcha bosqichlaridan o’tgan bo’lsa ham, uni ishga qabul qilishmadi. Test imtihonlari va oldingi ish joyidagi ma’lumotlarni taqdim etgandan keyin bo’lib o’tgan suhbatda, singlimdan bir yarim yoshli farzandi bilan qanday qilib to’liq stavkada ishlay olishini so’rashibdi. Singlim uning qaynonasi mehribon ekanligini va farzandiga qarashini aytgan. Yaqinda singlim ishga qabul qilishmaganligini bildi va buning sababini bilmaydi. Biz singlimni bir yarim yoshli farzandi borligini asos qilib ishga qabul qilishmagan deb taxmin qilishimiz mumkinmi?

Ishga qabul qilmaslikning asoslari ko’rsatilmaganligini hisobga olsak, shunday bo’lishi ham mumkin. Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko’ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

Ish beruvchi yozma tushuntirishida ishga qabul qilishni rad etishning quyidagi asoslarini aniq ko’rsatishi lozim:

•korxonada bo’sh ish o’rnining yo’qligi;

•ishni bajarishda xodimda maxsus tayyorgarlikning (ma’lumot) yo’qligi;

•ushbu mutaxassislik bo’yicha yuqori malakaga ega xodimning kerakligi.

Ish beruvchi bunday asoslantirilgan tushuntirishni singlingizga 3 kunlik muddatda berishi kerak edi.

Ishga qabul qilishni rad etishning qonuniy asoslari mavjud bo’lgan taqdirda ham, ish beruvchi tomonidan ushbu asoslarni yozma tushuntish orqali bermaganligi mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi hisoblanadi. Mazkur huquqbuzarlik ish beruvchini Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 49-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchung asos bo’ladi

Ish beruvchi singlingizni noqonuniy ravishda ishga qabul qilishni rad etganligi uchun singlingiz ushbu holat yuzasidan shikoyat qilishi mumkin. Noqonuniy ravishda ishga qabul qilishni rad bilan bog’liq nizolar bevosita sudda ko’riladi (Mehnat kodeksining 269-moddasi birinchi qismi 5-bandi).

Agar, ishni ko’rish jarayonida noqonuniy asosda ishga qabul qilish rad etilganligi aniqlangan bo’lsa, sud da’vogar (singlingiz)ni noqonuniy ravishda ishga qabul qilish rad etilgan kundan boshlab ishga qabul qilingan deb hisoblaydi va ish beruvchiga shu sanadan boshlab da’vogar bilan mehnat shartnomasini imzolash majburiyatini yuklaydi. Xodim noqonuniy asosda ishga qabul qilish rad etilgan kundan boshlab to sudning hal qiluv qarori qonunda belgilangan tartibda ijro etilgan kungacha yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun ish haqi undirishga haqli. Sud qarorining ijrosi kechiktirilgan taqdirda xodimga barcha majburiy progul vaqti uchun ish haqi sud qarori ijro etilgan kunga qadar undirib berilishi kerak. Ishga qabul qilishishda noqonuniy ravishda rad etilgan shaxslarning ish beruvchining noqonuny harakatlari ustidan shikoyat qilish bilan bog’liq qo’shmcha harajatlari (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun qo’shimcha kompensatsiyalar to’lash haqidagi talablari ham qondirilishi lozim.

Bundan tashqari, muayyan holatlarni, ishga qabul qilish noqonuniy ravishda rad etilgan shaxsga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy zararlarni hisobga olib sud ma’naviy zararni undirish masalasini hal qiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa