Yo’q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko’ra, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 148-moddasiga ko’ra, ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g’ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo’shatish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yuborilmoqda...