Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - O’g’lim turmush o’rtog’i bilan ajrashganidan keyin, turmush o’rtog’i onalik huquqidan mahrum etilib, bola o’g’limda qoldi. Men bola tarbiya qilayotgan onalarga bir qator imtiyozlar berilishini bilaman. Ushbu imtiyozlar bola tarbiya qilayotgan otalarga ham beriladimi?

Ha, beriladi. Mehnat kodeksining 238-moddasiga asosan ayollarga onalik bilan bog’liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo’shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejimlarini o’rnatish hamda mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar), onasiz bolalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, uzoq vaqt davolash muassasalarida bo’lgan va bolalari to’g’risida ona sifatida g’amxo’rlik qilmagan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa