Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Pul muomalasi" - PIN-kod nima va uni qanday almashtirish mumkin, shuningdek o'z pul mablag'larini saqlanishini va xavfsizligini ta'minlash uchun nimalarni bilish zarur?

PIN-kod–BPK saqlovchisining shaxsiy identifikatsion raqami bo'lib, u karta hisobvarag'idagi pul mablag'larni boshqarish huquqini beradi hamda mablag'larni boshqarishga BPKning saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi.

Kartochka saqlovchisi mustaqil ravishda quyidagi PIN-kodlarni kiritadi:

«Off-line»» rejimidagi BPK uchun:

  • birinchi PIN-kod–BPK pul mablag'larni boshqarish uchun;
  • ikkinchi PIN-kod esa–BPK mablag' yuklash uchun.

«On-line» rejimidagi BPK uchun:

  • yagona PIN-kod-karta hisobvarag'idagi pul mablag'larni boshqarish uchun.

PIN-kodni xizmat ko'rsatuvchi bank yoki joylarda o'rnatilgan bankomat, infokiosk va terminallar orqali almashtirish mumkin.

PIN-kod (shaxsiy identifikatsion raqam-kod) haqidagi ma'lumot maxfiydir, shu sababli u haqidagi ma'lumotlarni tarqatish tavsiya etilmaydi. BPK saqlovchisi o'z kodini yoddan bilishi, uni kartochka va odatda kartochka bilan birga tutiladigan narsalarni ustida yozib qo'ymasligi lozim. PIN kodni boshqa shaxslarga va xatto bank xodimlariga ham oshkor qilish tavsiya etilmaydi. Agar PIN-kodingizni biror-bir shaxs bilishi haqida gumon paydo bo'lgan bo'lsa, darxol o'z parolingizni terminal yoki bankomat (infokiosk) orqali o'zgartirishingiz lozim.

Agar BPK saqlovchisi shartnoma shartlarini buzgan holda, o'z PIN-kodini oshkora qilgan yoki kartochkani uchinchi shaxsga foydalanishga bergan bo'lsa, bu holda u amalga oshirilishi mumkin bo'lgan barcha tranzaktsiyalar bo'yicha javobgardir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa