Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men turmush o’rtog’im bilan yangi tug’ilgan bolani farzandlikka olmoqchimiz, lekin mening turmush o’rtog’im bola parvarishi uchun ta’til ola oladimi deb xavotirlanayapmiz?

Mumkin. Mehnat kodeksining 235-moddasi yangi tug’ilgan bolalarni bevosita tug’uruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tug’ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) o’tgunga qadar bo’lgan davrda davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lagan holda ta’til berishni va ularning xohishiga ko’ra, bola uch yoshga to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun qo’shimcha ta’tillar berishni nazarda tutadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa