Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Bizning ikkita kichkina bolamiz bor. Mening turmush o’rtog’im ishdan charchab keladi va ro’zg’or ishlarini qilishga madori qolmaydi. Nahotki ishlaydigan ayollarga biror bir imtiyoz bo’lmasa?

Albatta bor. “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi Qonunga asosan xamda Mehnat kodeksining 2281-moddasiga ko’ra, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o’ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog’ida ushbu ayollar mehnatiga haq har kungi to’liq ish muddati chog’ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to’lanadi. Ushbu qoida byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlarda ishlaydigan ayollar tadbiq etilishiga e’tibor berish lozim. Byudjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan korxonalarda bunday imtiyozlar jamoa shartnomasida nazarda tutilib, korxona hisobidan berilishi mumkin.

Mehnat kodeksining 119-moddasi birinchi qismiga ko’ra, xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog’ida ham, keyinchalik ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilab qo’yilishi mumkin. Biroq, ushbu qoidadan mustasno holatda ish beruvchi xodimning xohishiga ko’ra ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilab qo’yilishi shart. Bundan majburiyat Mehnat kodeksining 229-moddasida belgilangan bo’lib, unga ko’ra, homilador ayolning, o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa