Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men yaqinda ona bo’ldim. Hozirda menga yirik bir kompaniyadan yaxshi taklif tushdi. Men u yerda ish boshlamoqchiman, lekin kunduz kuni bolamga qarash uchun ishdan chalg’ishim rahbariyat tomonidan salbiy qaralishidan qo’rqayapman. Menikiga o’xshagan bunday holatlar haqida qonunchilikda biron narsa deyilganmi?

Ha, deyilgan. Ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo’shimcha tanaffuslar ham beriladi (Mehnat kodeksining 236-moddasi birinchi qismi). Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri o’ttiz minutdan kam bo’lmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo’lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.

Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi.

Bolasi bor ayolning xohishiga ko’ra, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo’shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining (ish smenasining) boshiga yoki oxiriga ko’chirilib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Bu tanaffuslarning aniq muddati va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, – ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilab qo’yiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa