Siz uning xohishiga ko’ra unga ta’til berishingiz lozim.
Mehnat kodeksining 231-moddasiga ko’ra, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko’ra, tegishlicha homiladorlik va tug’ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta’tilidan keyin beriladi. SHuning uchun, sizning xodimingiz ijtimoiy ta’tilini yaqinlashib kelayotgan homiladorlik va tug’ish ta’tiliga qo’shib olishi mumkin.
Shu bilan birga, siz Mehnat kodeksining 143-moddasiga ko’ra, xodimda birinchi ish yili uchun yillik asosiy ta’tiliga chiqish huquqi olti oy ishlangandan keyin yuzaga kelishini esdan chiqarmasligingiz lozim.
Yuborilmoqda...