Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Meni ishlaganimga ko’p bo’lgani yo’q, may oyida ikki yil bo’ladi. Men hozir homiladorman. Mening stajim ko’p bo’lmaganligi uchun ish beruvchi menga homiladorlik va tug’ish ta’tilini berishni rad etishi mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Mehnat stajining qanchaligidan qat’i nazar mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan barcha ayollar bola tug’ish va parvarishlash uchun ta’tili olishga haqli.

Mehnat kodeksining 233-moddasiga ko’ra, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda – yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.

Homiladorlik va tug’ish ta’tilini berishga asos bo’lib belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi hisoblanadi. Homiladorlik va tug’ish ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar ayolga to’liq beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday ta’tilning davomiyligi 126 kunni tashkil etadi.

Bola tug’ilishida xodimning sog’lig’i yomonlashsa yoki egizaklar tug’ilgan taqdirda yuqorida ko’rsatib o’tilgan ta’tilning muddati 140 kalendar kunni tashkil qiladi.

Homiladorlik va bola tug’ish ta’tili kalendar kunida hisoblanganligi uchun, dam olish hamda bayram kunlari ta’til hisobiga kiradi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa