Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men tahririyatda ishlayman va ish vaqtimning asosiy qismini kompyuter oldida o’tkazaman. Bizning boshlig’imiz judayam yaxshi tushunadigan odam. Agar undan homiladorlik vaqtimda meni yengilroq ishga o’tkazishni so’rab murojaat qilsam u meni rad qilmaydi. Lekin, men ish haqimni saqlab qolmoqchiman. Ushbu holatda men qanday qilib ish haqimni saqlab qolshim mumkin?

Mehnat kodeksining 226-moddasi birinchi qismiga ko’ra, tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko’rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkaziladi.

Mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko’ra, homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan holi bo’lgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa