Mehnat kodeksining 238-moddasiga ko’ra, ayollarga onalik bilan bog’liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, ya’ni tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo’shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejimlarini o’rnatish hamda mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar, onasiz bolalarni tarbiyalayotgan otalarga ham tatbiq etiladi.
Yuqoridagiga ko’ra, ish beruvchi onasiz bolalarni tarbiyalayotgan ota sifatida sizning roziligingiz tungi smenaga yoki ishdan tashqari vaqtdagi ishga jalb etishi mumkin emas.
Yuborilmoqda...